Koka-kola va pepsi-kola ommabop ichimlikka aylanishidan oldin amerikaliklar asosan rutbir (rootbeer) ichgan. Sassafras daraxti ildizidan tayyorlanadigan bu ichimlik pivo yoki ruslarning kvasiga ham o’xshab ketadi. Ba’zi amerikaliklar bu ichimlikni bolaligidan yaxshi eslaydi.
Rutbirning yuzlab turlari bor. Ayrimlari katta zavodlarda, boshqalari esa kichik oilaviy biznes tomonidan ishlab chiqariladi.
Virjiniya shtatidagi “Lost Rhino” kompaniyasi sohibi Flavio Garsia “Pivo qatorida rutbir ham asosiy mahsulotimiz”, - deydi.
“Tarkibidagi shakarni saqlab qolamiz. Masalan, pivoning fermentatsiya jarayoni oqibatida shakar spirt va CO2 moddasiga aylanadi”.
Garsia va uning biznes hamkori Matt Xagermanning aytishicha, ularning rutbirni tayyorlash uslubi boshqalarnikidan farq qiladi. Antiqa yo’llari bor.
“Rutbirning ta’mini oladigan bo’lsak, u sassafras daraxti ildizi barobarida kaskaril, vintergrin, vanil kabi xushbo’y o’simliklardan tayyorlanadi. Asal ham solamiz. Oqibatda ajoyib bir ta’mga erishamiz”.
“Albatta, yangi tayyorlangan ichimlikning masazi boshqacha bo’ladi. Shuning uchun biz katta miqdorda emas, kam-kam tayyorlaymiz. Xuddi bu yerga kelib, o’zingiz tayyorlagandek bo’lasiz uni. Mazasi boshqacha bo’ladi-da shunda”.
AQShda rutbirni tayyorlash uchun mahsulot topish oson. Bu ichimlik pivoga qaraganda kamroq mehnat talab qiladi.
“Suv qaynatib, shakar solib, sovutasiz. Eng qiyini spirt qo’shmay turib, uni gazlantirish. Gaz qo’shgandan keyin kerakli ta’m beruvchi modda ham qo’shasiz. Rutbir bir necha kunda tayyor bo’ladi. Pivoga kamida 28 kun kerak”.
Amerikada koka-kola va pepsi-kola mashhur bo’lib ketgach rutbirni ichadiganlar ham, ishlab chiqaradiganlar ham kamaydi. Hozirda shirin gazli ichimliklar bozorida rutbir ulushi bor-yo’g’i uch foizni tashkil etadi.
Lekin “Lost Rhino” singari bizneslar nazarida bu ichimlik yana ommalashmoqda.
“Mahalliy biznesning barqaror bo’lishini istasak, shunday azaliy mahsulotni ishlab chiqarishimiz kerak”.
“Odamlar har bir mahsulot turini qayerda va nimadan ishlab chiqilishi bilan qiziqyapti. Demak, rutbirga ham talab yangilanadi”.
Qolaversa, rurtbir solingan muzqaymoqning ham shaydosi ko’p.

Your browser doesn’t support HTML5