Rossiya o’z sarhadiga yaqinlasha olmaydigan 18 amerikalik kim ekaninin e’lon qildi. Bu Vashington sal avval joriy etgan cheklovlarga javob.
Orani buzishni Amerikaning o’zi boshladi, deydi Rossiya rasmiylari.
“Inson huquqlari buzilmoqda degan xarxasha bilan Vashington Moskvaga nisbatan qonunlar qabul qildi va biz ham javob qaytarishga majburmiz”,- deydi diplomatlar.
Rossiya kirishi man etilgan amerikaliklar orasida AQShning avvalgi prezidenti Jorj Bush qo’lida ishlagan ikki arbob, Deyvid Addington va Jon Chu Yu va Guantanamodagi qamoqxonani boshqargan ikki harbiy Jeffri Miller va Jeffri Xarbeson bor.
Amerika ta’qiqlagan rossiyaliklar asosan advokat Sergey Magnitskiyning qamoqdagi o’limiga aloqadorlikda gumon qilingan rasmiylar. Sobiq tergovchi Pavel Karpov, qamoqxona sobiq direktori Dmitriy Komnov va uch sudya. Shuningdek, Chechenistondan ham ikki mansabdorning nomi keltiriladi. Ular muxolifat va jurnalistlarga nisbatan qonli hujumlarda ayblangan shaxslar.
Moskva Amerikadan o’ch olish uchun qabul qilgan yana bir qonun amerikaliklarni Rossiyadan bola boqib olishini man etadi.

Your browser doesn’t support HTML5