Luizianadagi qurolli hujum uch kishining o'limi bilan yakunlandi

  • Amerika Ovozi

59 yoshli Jon Rassel Houzer otishmadan keyin o'zini ham o'ldirgan. O'sha payt kinoteatrda taxminan 100 kishi bo'lgan.

Amerikaning Luiziana shtatidagi kinoteatrda payshanba kuni kechqurun o't ochib ikki kishini o'ldirgan shaxs kim ekani ma'lum.

59 yoshli Jon Rassel Houzer otishmadan keyin o'zini ham o'ldirgan. O'sha payt kinoteatrda taxminan 100 kishi bo'lgan.

Politsiyaning aytishicha, Houzer avvaliga qochmoqchi bo'lgan, lekin huquq-tartibot xodimlarining siquvi ostida binoda yashirinib o'z joniga qasd qilgan. Voqea sababi haqida hozircha biror izoh yo'q.

Houzerning oilasi uni ruhan kasal bo'lgan, deydi. Bir necha yil oldin ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolangan, oilasi undan qurollarni yashirib qo'ygan va oxiri butunlay orani uzgan.

Prezident Barak Obama otishmadan xabardor. Oq uyning fikri-xayoli hozir Luizianada, marhumlarning oilalarida, deydi rasmiylar.

Ikki marhum 21 yoshli Maysi Brou va 33 yoshli Jillian Jonson ekani ma'lum. Brou o'sha atrofdagi kollejda radiologiya bo'limida ishlagan. Jonson esa o'zining kiyim-ko'ylak do'konini yuritgan.

Yaradorlar orasida o'smirlar va keksalar bor.