AQShda hukumatning maxfiy kuzatuv dasturi haqida ommani ogoh qilgan shaxs bugun Gonkongdan Moskvaga uchgan.
Rossiya axborot agentliklari avvalroq Edvard Snouden so’ng Kubaga va unga siyosiy boshpana berishga tayyor Venesuelaga yo’l oladi deya xabar bergan edi.
Ekvador Tashqi ishlar vaziri Rikardo Patinoning bugun Twitterda yozishicha esa Snouden uning hukumatidan panoh so'ragan. Tafsilotlar hali aniq emas. Ekvador AQSh siyosatining ashaddiy tanqidchilaridan sanaladi.
Snouden o’tgan oy Amerikada hukumat millionlab fuqarolar kimga telefon qilgani va internetda qanday saytlarga kirayotganini yashirincha kuzatayotgani haqida matbuotni xabardor qilgan edi.
Shundan keyin Gonkongga qochib, o’sha yerda jon saqlayotgan edi.
Rossiya matbuotida yozilishicha, Snouden hozir Moskvadagi aeroportda. U yerdan Kubaga, so'ngra tugal manziliga jo'nashi kerak.
AQSh Adliya vazirligi Snoudenni josuslikda ayblagach, Milliy xavfsizlik agentligida kompyuterchi bo’lib ishlagan bu shaxs Gonkongni tark etgan.
AQSh rasmiylarining aytishicha, maxfiy kuzatuv dasturi davomida odamlarning telefon muloqoti tinglanmagan, balki qaysi raqamga, qancha vaqt gaplashilgani qayd etib borilgan.
Bu programma yordamida kamida 50 terror xurujining oldi olingan, deydi rasmiylar.