AQSh Milliy xavfsizlik agentligida kontraktor bo’lib ishlab, davlat sirlarini fosh etgan Edvard Snouden hanuz Sheremetyevo aeroportining tranzit zalida. Rossiya uni AQShga ekstraditsiya qilmoqchi emas.
Findlyandiyaga safari chog’ida prezident Vladimir Putin “AQSh talabini rad etib, biror qonunni buzayotganimiz yo’q”, deya ta’kidladi. Chunki Moskva va Vashington o’rtasida ekstraditsiya to’g’risida kelishuv imzolanmagan.
Edvard Snouden AQSh razvedka idoralari fuqarolarning telefon so’zlashuvlari va internetdagi faoliyatini kuzatayotgani to’g’risidagi nihoyatda maxfiy programmalar haqida ommani xabardor qilgan va so’ngra Gonkongga qochgan edi. Unga qarshi vatanida jinoiy ish ochilgan.
Putinning aytishicha, Snouden Rossiya qonunlarini buzmagan.
“Uni ushlash uchun bizda hech qanday asos yo’q. Rossiyadan qayerga uchib ketishini qanchalik tezroq hal qilsa shuncha yaxshi”, - deydi prezident.
Putin, shuningdek, Edvard Snouden Rossiya razvedkasi bilan hech qachon hamkorlik qilmaganini aytdi.
Milliy xavfsizlik agentligida kompyuterchi bo’lib ishlagan Snouden Ekvadordan boshpana so’ragan. Bu davlat hukumati masala tez orada hal bo’lmasligini hamda qaror qabul qilish jarayonida AQSh bilan savdo rishtalari hisobga olinishini bildirgan.