Qo'shma Shtatlar Suriya shimoliga noharbiy yordamni vaqtincha to'xtatdi. Jangarilar G'arbga xayrixoh Ozod Suriya armiyasiga qarashli omborni qamal qilganidan so'ng Oq uy shundan qaror qabul qildi.
AQSh tomoni aynan qanday madad uzatilmay qo'ygani haqida aniq ma'lumot bermayapti. Isyonchilar bu qaror bekor qilinadi degan umidda.
Bir necha kun oldin Islomiy front deya tanilgan guruh Suriya-Turkiya chegarasida qurol-yarog saqlanadigan omborni bosib olgan edi.
Islomiy front Ozod Suriya armiyasidan alohida tuzilma bo'lib, mamlakatda islomiy tartib joriy etish tarafdori.
AQShning bildirishicha, Obama ma'muriyati Suriya xalqiga insonparvarlik yordami yetkazishda davom etadi.
Bu ko'mak gumanitar tashkilotlar va BMT orqali tarqatiladi.