Prezident Obama Suriyaga hujum qilishdan oldin Kongress ruxsatini olishga umid qilar ekan, ayrim qonunchilar rejani qo’llab-quvvatlamoqchi emas. Bugun Amerikada Mehnatkashlar bayrami bo’lishiga qaramay, Obama Oq uyda yetakchi senator Jon Makkeyn bilan uchrashadi.
Makkeyn ko’pdan beri prezidentni Suriyaga nisbatan qattiqroq siyosat yuritishga chaqirib keladi. Uning aytishicha, Qo’shma Shtatlar havo hujumlari bilan cheklanmasdan Suriya prezidenti Bashar Assadni hokimiyatdan olishgacha borishi kerak.
Biroq Kongressning boshqa a’zolari muammoning harbiy yo’l bilan hal etilishiga qarshi.
Kecha rasmiylar yetakchi qonunchilar bilan uchrashib, Damashq tevaragida aholiga qarshi kimyoviy qurolni harbiylar qo’llaganini tasdiqlovchi razvedka ma’lumotlarini ularga taqdim etgan. O’tgan oy oxiridagi voqeada mingdan ziyod odam o’lgan. Suriya hukumati bu ishni qilmaganini aytib, isyonchilarni ayblamoqda.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Qo’shma Shtatlar qo’lidagi dalil ishonarli emas, unda manzil koordinatlari ko’rsatilmagan.
Lavrov Amerikadan qo’shimcha dalil so’rasak, ma’lumot maxfiy deb, biz bilan baham ko’rishmayapti, deydi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Amerika razvedkasi ma’lumotlari bilan bugun tanishganini ma’lum qildi. Pekin bir tomonlama harbiy amaliyotga qarshi ekanini bildirib keladi.
BMT inspektorlari zarin gazi qo’llangani aytilayotgan hududlarni tekshirib, u yerda to’plangan namunalarni BMT laboratoriyasiga topshirgan. Tashkilot Bosh kotibi Pan Gi Munning aytishicha, a’zo davlatlar yaqin orada analiz natijalaridan xabardor qilinadi.
Suriyaning BMTdagi elchisi Bashar Jafariy bosh kotibga maktub yo’llab, Suriyaga qarshi agressiyaning oldini olishga chaqirgan.
Bu davlat tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Faysal Maqdadning aytishicha esa, Obamaning Kongress ruxsatini olaman deyishi uning ikkilanayotganini ko’rsatmoqda.
Arab Ligasiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kecha majlis qilib, Suriyadagi vaziyatni muhokama qilgan. Majlis yakunida vazirlar bayonot qabul qilib, kimyoviy hujumni qoralagan va jahon hamjamiyatini Suriyaga qarshi zarur chora ko’rishga chaqirgan.