AQSh Davlat departamenti Andijon fojiasining 10 yilligi munosabati bilan O'zbekiston xalqiga va xalqaro hamjamiyatga quyidagi nomani yo'lladi:
"Qo'shma Shtatlar xalqi O'zbekistonda bu voqealarda yaqinlaridan ayrilgan va fojiadan zarar ko'rgan oilalarga chuqur hamdardlik bildiradi. AQSh O'zbekiston hukumatini xalq oldidagi va xalqaro burchlarini ado etib, inson huquqlari va diniy erkinlikni ta'minlashga undashda davom etadi. Huquq va uzviy erkinliklar hurmat qilinmas ekan, uzoq muddatli barqarorlik va xavfsizlikka erishib bo'lmaydi".