AQSh Venesuela rasmiylari va ularning oila a'zolariga viza cheklovlari joriy etgan. Qo'shma Shtatlar bu rasmiylarni inson huquqlarini poymol etganlikda, korrupsiyada ayblamoqda.
"Buzg'unchilarni Amerikaga kiritmaymiz" deyiladi Davlat departamenti bayonotida. Aynan qaysi rasmiylarga sanksiya qo'yilgani hozircha ma'lum emas.
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro AQSh qarorini Venesuela suverenitetini poymol etishga qaratilgan chora deya qoraladi. U AQSh rahbariga xat yo'llab, shikoyat qilishini bildirdi.
Bir necha kun oldin Maduro AQSh Vitse-prezidenti Jo Baydenni Venesuela hukumatini ag'darishni rejalayotganlikda aybladi. Davlat departamenti matbuot kotibi Jennifer Psaki ayblovni asossiz, demoqda.
O'tgan oy Maduro Braziliyadagi bir tadbirda Bayden bilan qo'l berib ko'rishgan, ikki davlat munosabatlarini yaxshilash haqida so'z borgan edi.
Venesuelalik siyosiy tahlilchi Eduardo Martinezning taxmin qilishicha, ikki arbob o'rtasida yana qandaydir gap bo'lgan, chunki Bayden Maduro bilan so'nggi bir yilda ko'rishgan yuqori lavozimli yagona AQSh rasmiysidir.