Nyu-York, Vashington va AQShning boshqa shaharlarida ko’ngilli fuqarolar jinoyatga qarshi kurashmoqda. Guardian Angels, ya’ni Qo’riqchi farishtalar deb nomlangan bu guruhlar 1979-yildan buyon katta shaharlarda ko’chama-ko’cha yurib, tartibni saqlaydi, politsiya bilan hamkorlik qiladi. Hatto bezorilarni hibsga olish huquqiga ham ega. Poytaxt Vashingtonda ishlaydigan qo’riqchi farishta, 22 yoshli Lavanda Uayt bizga o’z ishi haqida gapirib beradi.
“Patrulga chiqqanda sizni nimalar kutayotganini bilmaysiz. Biz hech kim bilan urushmoqchi emasmiz. Aksincha, musht-urushning oldini olamiz,” - deydi Uayt.
"Yoshim 22 da. Ko’chalarni tekshiryapmiz. Mahallani nazorat qilamiz, tartibni ta’minlaymiz.
Hammamiz ko’ngillimiz. Ish haqi olmaymiz. Boshqa ishlarimiz ko’p bo’lsa ham, vaqt topib, bu yerga kelamiz," - hikoya qiladi.
Tashkilotga 1979-yilda asos solingan. 33 yildan buyon ishlab keladi. Qo’riqchi farishtalarning jamiyat oldidagi xizmatlari haqida ko’plar yaxshi biladi.
“Ko’chada har xil jinoyatlar bilan yuzlashamiz - o’g’rilik, mushtlashish, mastlar, narkoman bezorilar… Lekin bizga treyningda muammoni hal etishni o’rgatishgan... Hech kimni qidirmayapmiz. Tartibni saqlash uchun ko’chama-ko’cha yuramiz. Shu rayonda jinoyat ko’p. Ishimiz – xavfsizlikni ta’minlash. Zarur bo’lsa, hibsga olish huquqiga ham egamiz," - davom etadi u.
“Yonimizda qurol olib yurmaymiz. Lekin o’zimizni himoya qilishni o’rganganmiz. Vashington politsiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilamiz. Kelasi besh yil ichida men ham politsiya safiga qo’shilish niyatidaman. Ishim o’zgarmaydi, faqat forma kiyib yuraman, xolos.
Yetakchilik, mas’uliyat – bular o’zgarmaydi. Jamiyatga xizmat qilishda davom etaman. Jinoyatlarni kamaytirish yo’lida ishlayman”.
Yaqinlarim men bilan faxrlansin deyman. Bu ishda jasorat kerak. Mahallamizni jinoyatdan tozalash – mening maqsadim”.