Xitoyning Shinjon muxtoriyatida, uyg’urlar Sharqiy Turkiston deb atovchi o’lkada, o’tgan oy yuz bergan zo’ravonliklarda 21 kishi o’lgan. Mahalliy rasmiylar “bu terroristlarning ishi” deydi va uyg’ur harakati a’zolariga ishora qiladi. 18 millionga yaqin uyg’ur yashaydigan mintaqada “xitoylashtirish” jarayoni avjida, tub aholi va kelgindilar orasida tafovut kuchli, deydi Robiya Qodir, jahon uyg’urlari yetakchisi.
Robiya Qodir - 11 farzandning onasi, 13 nabira va evarali. Xitoy hukumatini tanqid qilgani uchun qamoqda o’tirib chiqqan. Hozirda Amerikada yashaydi va dunyo kezib o’z xalqi manfaatlari uchun kurashib kelmoqda.
Robiya xonim deydiki, uyg’urlar tinch, erkin va farovon yashashni istaydi. O’z taqdirini o’zi belgilashni xohlaydi.
Uyg’ur xonadonlariga bostirib kirib, ularning ayollariga hujum qilish, begunoh odamlarni terrorizmda ayblab, azobga solish jamoatchilikni javob berishga, kerak bo’lsa, qo’liga pichoq olib, qurolli kuchlar bilan olishishga majbur qilmoqda, deydi Robiya xonim, yaqinda kuzatilgan zo’ravonliklarga ishora qilib.
“Uyg’ur xalqi 62 yildan beri azob-uqubatda. Terrorizmga qarshi kurash bahonasi bilan Xitoy uyg’ur millatini, ozodlik istab kelayotgan elatni butkul yo’q qilib yubormoqchi. Tilimiz, madaniyatimiz va dinimizga qarshi siyosat olib bormoqda. Uyg’urlarni xitoylashtirib, bizni boshqa joylarga majburan ko’chirib, mulkimizni tortib olib, qadriyatlarimizni toptab, bizni bir millat sifatida qirib tashlash yo’lidan ketmoqda”, - deydi Robiya Qodir.
Xo’sh, Jahon Uyg’urlari Kongressining maqsadi nima?
Robiya Qodir dunyo kezib, elatdoshlari bilan suhbatlashadi. Ularning dardini tinglaydi. Onaxon ularni qanday yupatadi?
Maqsad Xitoydan ajralib chiqishmi? Yangi bir davlatga asos solishmi?
Uyg’urlarning hammasi ham Robiya Qodirga ergashayaptimi? Birdammi? Ziyolilar bu kurashga qanday hissa qo’shmoqda?
Amerika hukumati turli jamg’armalar orqali uyg’ur ozodlik harakatini quvvatlab keladi. Robiya Qodiryning aytishicha, Xitoy bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlikdan qat’i nazar, AQSh uyg’urlarning suyangan tog'i, madadkori.
Robiya Qodir Xitoy hukumati nazarida xalq dushmani. Xorijdan turib, Xitoyga qarshi hujumlar uyushtirishga urinayotgalikda, Pekinga qarshi fitnalarda ayblanadi.
Xitoy rasmiylari deydiki, Robiya Qodir Xitoyda biznes qilib, millioner bo’lib yashab yurgan edi. Parlament a’zosi edi.
Nega jimgina tirikchilik qilmay Xitoyga qarshi harakatga qo’shildi, unga yetakchilik qilmoqda? Agar Xitoy adolatsiz jamiyat bo’lganida, bu ayol uyg’ur va musulmon bo’la turib, boylik orttira olar, nufuzli bir insonga aylanar olarmidi?
Robiya Qodir bu va boshqa savollarga quyidagi suhbatda javob berdi:

Your browser doesn’t support HTML5