Taxminiy va norasmiy hisob-kitoblarga ko'ra, AQShda 100 mingdan ortiq o'zbekistonlik yashaydi. Ularning aniq soni bundan ancha ko'p, deydiganlar ham bor.
Amerikaning ko'plab shtatlarida va shaharlarida o'zbekistonliklar tashkil etgan uyushmalar, tashkilotlar soni ham ko'payib qoldi. Ular nima ishlar bilan band? Madaniy va bayram tadbirlarini o'tkazishdan boshqa ishlar bilan ham shug'ullanishyaptimi?
AQShda asli o'zbekistonlik bo'lgan senatorlar, qonunchilar va yirik biznesmenlar qachon paydo bo'ladi? Diaspora sifatida o'zbekistonliklar jamiyatlari shu mavzular haqida ham bosh qotiryaptimi?
"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi ko'rsatuvida shu mavzular atrofida o'z shaxsiy kuzatishlarimizni o'rtoqlashdik.
Quyida muloqotimizni tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5