Nabijon Razzoqov uzoq yillar O’zbekiston telekanallarida, keyinchalik “O’zbektelefilm” kinostudiyasida ishlagan ijodkor. Ko’plab musiqiy va hujjatli filmlari bilan tanilgan kinorejissor. Ularning ishlari O’zbekiston telekanalining “Oltin fondi”da saqlanadi.
Nabijon Razzoqov 2001-yildan buyon Amerikada, Nyu-Yorkda oilasi, uch farzandi bilan doimiy yashaydi.
Ularning Amerikadagi ilk kartinasi Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekistonga evakuatsiya qilingan yahudiylar haqida. Film "Bolalikning so'nggi yozi" deb nomlanadi. Filmning ilk taqdimoti Amerikada, o'zbek tiliga tarjima qilingandan so'ng, O’zbekistonda ham taqdim etildi.