Mustaqillik yillarida odamlar qanchalik o'zgardi?

Mustaqillik yillarida odamlar qanchalik o'zgardi?

O’zbekiston mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan biz siz aziz muxlislarga murojaat qilib, bir necha savollarni o’rtaga tashlagan edik.

Mustaqillik yillarida jamiyat qanchalik o'zgardi? Mustaqillik deganda nimani tushunasiz?

Bozorlar mahsulotga to'la

Siyosiy va iqtisodiy mustaqillik siz uchun nimani anglatadi? O'zbekistonning xalqaro maydondagi o'rnini qanday baholaysiz?

Bugun O'zbekiston xalqi qanchalik erkin nafas olmoqda? Mustaqillik mevasi deb nimani ko'rsatish mumkin?

Toshkentdagi savdo markazlari

Saytimizda o’z fikr-mulohazalarini biz bilan baham ko’rayotgan insonlardan minnatdormiz. Javobingizni aks ettiruvchi video, audio yoki fotosuratlarni elektron pochta orqali yuborishingiz mumkin. Manzilimiz uzbek@voanews.com.

O’zbekistonning sobiq diplomati Toshpulat Yo’ldoshev Amerikaning Missuri shtatidan turib, biz bilan telefonda muloqot qilar ekan, e’tiborni mustaqillik yillarida ta’lim saviyasi tushib ketganiga qaratadi.

Ta'lim va maorif saviyasi pasaygani xalqqa qimmatga tushmoqda, deydi Toshpo'lat Yo'ldoshev

Odamlar sifat va mohiyat emas, asosan non topish haqida o’ylayapti. Bugun millionlab o’zbekistonliklar uchun nafaqat vatanda balki chet elda ham yo’l topish, tirikchilik qilish qiyin, deydi Toshpulat Yo’ldoshev.

Jamiyat borki, sekin rivojlanadi, konkret o'zgarishlar bo'lishi uchun avlodlar yangilanishi kerak deyishadi. O'tgan 20 yil ichida O'zbekistonda nimaga guvoh bo'ldik?

O'zbekiston bugun jahon xaritasi va global siyosatda o'z o'rniga ega. Lekin nufuz va obro'si qanday?

Toshpo'lat Yo'ldoshevga mana shunday savollar bilan murojaat qildik.

Marhamat, tinglang: