O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vashingtonga rasmiy safarini yoritish uchun O'zbekistondan bir guruh jurnalistlar kelgan. Oq uy yaqinidagi "Sofitel" mehmonxonasida ularning ishlashi uchun matbuot markazi tashkil etilgan.
Your browser doesn’t support HTML5
"Amerika Ovozi" tajribali va taniqli ikki jurnalist Bobur Alixonov va Sherzodxon Qudratho'jayev bilan o'zbek jurnalistikasining bugungi kuni, so'nggi ikki yilda matbuot bobidagi o'zgarishlar haqida suhbatlashdi.
Bobur Alixonov O'zbekiston Bosh prokuraturasi Axborot-tahlil multimedia markazi direktori, Sherzodxon Qudratho'jayev esa Xalqaro press klub raisi bo'lib ishlamoqda. Har ikkisi O'zbekiston milliy televideniyesining
"Axborot" direksiyasida ham ishlagan.