Amerikaga kelishi bilanoq nom-nishonsiz ketgan 61 yoshli o‘zbekistonlik Sobirjon Ahmedov 50 kundan oshiq vaqt o‘tib, tirik topilgan.
2017-yilning avgustida Nyu-York markazida yo‘qolgan bu odam shu shahardagi kasalxonalardan birida bo‘lgan. Ogayo shtatida yashaydigan qizini ko'rishga ketayotganida avtobus bekatida g'oyib bo'lgan. Yonida o'sha paytda pasporti, telefoni va 100 dollari bo'lgan.
Parkda hushsiz yotgani oddiy amerikaliklar tomonidan suratga olingan. Kasalxonaga begona odamlar tomonidan olib borilganida esa biror hujjati bo‘lmagani va til bilmagani bois uning kimligini aniqlay olishmagan. Politsiya tarqatgan e’lonlar yordam bergan.
Shifokorning jonkuyarligi va detektivning tirishqoqligi bois bu inson hozir oilasi bilan. Vatanga qaytib ketgan bo‘lishi mumkin. Politsiyaga ko‘ra, u bedarak ketganida birinchi uch kun qayerda bo‘lgani hali ham mavhum. Detektiv bu jumboqni yechishga bel bog‘lagan. Xuddi Gollivud filmlaridek.
Suratlar va axborot manbai: http://www.nydailynews.com/…/tourist-loses-id-money-life-va…