Ayni damda Vashingtonga O’zbekistondan bir guruh senator va deputatlar mehmon bo'lib turibdi. Safarni AQSh Kongressi qoshidagi Ochiq dunyo yetakchilik dasturi (Open World Leadership Program) va AQSh Demokratiya instituti uyushtirgan. Oliy Majlis a’zolari tashrifidan maqsad Amerika davlat organlari faoliyati bilan tanishish va tajriba almashish. Ikki davlat qonunchilari va arboblari bugungi aloqalar va hamkorlik xususida ham gaplashmoqda.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5
Bundan bir yil oldin biz Ochiq dunyo yetakchilik dasturi rahbari Jon Okif (John O'Keefe - video) bilan suhbatlashganimizda, keksa diplomat Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik haqida gapirib, O’zbekiston Oliy Majlisi a’zolari bilan ishlashga urinayotganini aytgan edi. Bugungi delegatsiya - mana shu sa’y-harakatlar samarasi.
Respublika yuqori palatasida Tashqi aloqalar qo’mitasi raisi, sobiq tashqi ishlar vaziri va 1996-2001 yillarda Vashingtonda elchilik qilgan Sodiq Safoyev bu tashrif ahamiyatini shunday tushuntiradi:
Senator Safoyevning qayd etishicha, Vashingtondagi uchrashuv va muloqotlarda O’zbekistonda islohotlar qanday ketayotgani ham asosiy mavzulardan biri. Shuningdek, Oliy Majlis va Kongress orasidagi hamkorlikni mustahkamlash ham muhim vazifa, deydi arbob.
Amerika rasmiylari O’zbekiston bilan ketayotgan muntazam muloqotdan, ayniqsa Afg’oniston yuzasidan hamkorlikdan mamnun ekanini aytib keladi. O’zbekiston qanday naf ko’rayapti bundan, deya so’raymiz senator Safoyevdan.
“Muloqot har doim muhim. Bugungi globallashayotgan dunyoda doimo fikr almashish va birgalikda qilinadigan ishlarni amalga oshirish uchun muloqot qilish - asosiy omillardan biri. Markaziy Osiyoda bugun muhim jarayonlar yuz berayapti. AQSh Markaziy Osiyo va unga yaqin bo’lgan o’lkalarda katta bir dasturlarni amalga oshirmoqda, shu jumladan Afg’onistonda. Bu borada biz albatta AQSh bilan fikr almashish va mushtarak dasturlarni amalga oshirishdan manfaatdormiz”.
Sodiq Safoyev deydiki, qonunchi va saylovchi orasidagi munosabatlarni rivojlantirish zarur. Markaziy parlament bilan birgalikda mahalliy qonunchilik organlari faoliyatini ham kuchaytirish kerak, deydi senator.
“Vakillik organining asosiy maqsadi - ularni saylagan xalqning orzu-umidlari va istaklarini ifoda etish… Milliy dasturlar bor. Sog’liqni saqlash, ta’lim, ish o’rinlari yaratish, iqtisodiy inqirozga qarshi choralarni amalga oshirish sohasida… Bularni mahalliy kengashlar, ya’ni xalq vakillarisiz amalga oshirib bo’lmaydi. Bu o’rinda ular o’z o’rnini topmog’i lozim”.
Senator Safoyev boshchiligidagi delegatsiya Shimoliy Karolina shtatiga safar qilib, mahalliy hokimiyat bilan tanishdi. Vashingtonda Kongress a’zolari bilan suhbatlar, shuningdek, AQSh Xavfsizlik Kengashi va Davlat departamentida uchrashuvlar. Oliy Majlis a’zolari Vashingtonda ilm-fan va siyosat ahli bilan ham muloqot qilmoqda.