O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yil sentabr oyida AQShga kelib, BMT Bosh assambleyasi yillik anjumanida nutq o'qishi kutilyapti. U ayni paytda AQShdagi o'zbekistonliklar bilan uchrashishni ham rejalagan. Bu haqda avvalgi dasturlarimizda ham hikoya qildik.
"Vashington choyxonasi"ning navbatdagi sonida ham shu mavzuni davom ettiramiz. Xorijda faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik professionallar, mutaxassislar bu tashrif haqida qanday fikrda? Ular Prezident Mirziyoyev bilan uchrashuvdan nimalarni kutishyapti?
AQShda va Angliyada ish faoliyatini olib borayotgan uch o'zbekistonlik bilan o'tkazgan suhbatimizni quyida tomosha qiling.
Your browser doesn’t support HTML5