VASHINGTON —
O'zbekistonda Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga saylovlar o'tar ekan, respublikaning Vashingtondagi elchixonasida kamida 100 fuqaro ovoz berdi. Nyu-Yorkdagi konsullikda esa undanda ko'p vatandosh saylovda qatnashgan.
Ko'pchilik nomzodlarning kimligi haqida tasavvurga ega emas. Gap hatto tuzumga ishonch yoki Oliy Majlisdagi deputatlar biror narsani eplayotganida ham emas, deydi vatandoshlar. Gap fuqaro sifatida ovoz bera olishning o'zida.
Vatandan uzoqda pasport va fuqarolik nima ekanini chuqurroq anglay boshlaysan. Balki shu demokratiyaning ibtidosidir? Nima deysiz?
Your browser doesn’t support HTML5