Vatanda yo’lini topa olmagan odam o’zga yurtda ham qiynaladi, chunki chet elda yutuqqa erishish bir necha karra ko’proq mehnat, sabr va matonat talab qiladi. Amerikaning boshqa qismlari singari Virjiniya shtatida ham bunday sinovlardan o’ta olgan o’zbeklar anchagina.
Dilbar Beyadning xonadonidamiz. Bu ayol Richmond shahrida ko’chmas mulk sotish bilan birga vatandoshlarni birlashtirishga, shu hududda yashovchi o’zbeklar orasida ahillikni ta’minlashga harakat qilib kelayotgan insonlardan.
Shu atrofda 30-40 o’zbekistonlik bor. Aksariyati yosh oilalar. Bolalar hali kichkina ekan, asosiy e’tibor ularda. Ayolmi erkak, birdek mashaqqatlar bilan yuzlashadi.
Yaxshi ish diplom talab qiladi. AQShda olingan diplomning o’rni boshqa. Vatandagi ta’lim albatta bu yerda ham qadrli ammo bu jamiyatning o’z talab va qoidalari bor.
Bu borada esa bafurja vatandoshlarning o’zlaridan tinglasak.
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5
Your browser doesn’t support HTML5