Vankuverda Shimoliy Koreya yadro dasturi bo'yicha anjuman o'tmoqda

  • Amerika Ovozi

Janubiy Koreya delegatsiyasi

Qo’shma Shtatlar va Kanada tashqi ishlar vazirlari Vankuver shahrida Shimoliy Koreya yadro dasturini muhokama qilmoqda. Bu ikki davlat tashabbusi bilan o’tayotgan anjumanda 20 davlat rasmiylari qatnashmoqda.

Pxenyan BMT taqiqlariga qaramay, yadro qurollari va ballistik raketalari sinovlarini o’tkazishda davom etmoqda. Xalqaro hamjamiyat Shimoliy Koreyani bu yo’ldan qaytarmoqchi. Vankuverdagi anjumanga Xitoy va Rossiya taklif etilmagan.

Kanadalik bir rasmiyning aytishicha, uchrashuvga o’xshash fikrlovchi mamlakatlar vakillari chaqirilgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Xitoy va Rossiya ishtirokisiz majlis foyda bermaydi.

“Gretsiya, Belgiya, Lyuksemburg, Kolumbiyaning Shimoliy Koreyaga nima aloqasi bor?” dedi Lavrov.

AQSh va Kanada uchrashuvdan so’ng Rossiya va Xitoy vakillarini majlis tafsilotlari haqida xabardor qilmoqchi.