Qo’shma Shtatlarda notijorat bir guruh Faxriylar kunida xayrli ish qildi. Vashington cherkovida urush qatnashchilari yordamida dasturxon yozib, boshpanasiz insonlarni unga taklif etdi. Uyi yo’qlarning ko’pi veteranlar ekani sir emas.
Ertalabki soat olti. Faxriylar kunida chamasi 20 ko’ngilli uysizlar uchun nonushta pishirish bilan ovora.
Bu ovqat 100 dan oshiq odamning, jumladan, boshpanasiz faxriylarning qornini to’ydirishi mumkin.
Chegarachi Klint Trokio yo’qsillarga yordam berish farz, deydi.
“Boshqa veteranlar kabi biz ham bugun safdosh askarlar og’irini yengil qilish uchun keldik. Vashingtonda uysiz yurgan odamlarga dalda berish uchun qilayapmiz shu ishni”, - deydi u.
“Miriamning oshxonasi” nomli notijorat guruh 30 yildan beri poytaxt atrofidagi boshpanasiz odamlarga ko’maklashadi.
Oshxona Vashingtondagi Foggi Bottom mahallasidagi bir cherkovda joylashgan. Sobiq harbiy uchuvchi Yugo Shmidt Faxriylar kunida hasharga kelgan veteranlardan biri. Harbiy xizmat nima ekanini, shirin so’z qadrini yaxshi biladi.
“Ularni unutganimiz yo’q, shuni bilishlarini xohlaymiz. Ehtiyojmand faxriylar kam-ko’stidan xabar olayotgan insonlar bor”, - deydi Shmidt.
Ovqat tarqatishdan oldin “Miriam oshxonasi”ning bosh oshpazi Stiv Bad qisqa nutq so’zladi:
“Faxriylar kunida kelganlarga katta rahmat. Quymoq bilan murabbo mana bu yerda. Qand kasali borlar uchun alohida zirvak pishirib qo’yibmiz”.
Uysizlikni tugatish uchun kurashuvchi ittifoq hisob-kitobiga qaraganda, Amerikada boshpanasiz odamlarning 10 foizi faxriylar.
“Miriam oshxonasi” xodimlarining aytishicha, uysiz veteranlar ko’chada uzoq qolib ketadi, ba’zilari ruhiy xastaliklar bilan og’riydi.
“Ruhan ezilgan odamning to’kilib tushishi oson. Shunaqa holatlarda “Miriam oshxonasi” ularga suyanchiq bo’la oladi. Sarson yurgan faxriylarning ko’pi cherkovimizda tunab ketadi. Vaqtincha boshpana, albatta. Maqsadimiz ularga doimiy bir uy, o’zini yana odamday his qilishi uchun manzil topib berish”, - deydi Bad.
Notijorat guruh ko’magida oyoqqa turib ketganlardan biri los-anjeleslik Jeff Gilliam.
“Oshxonaga ikki yilcha kelib-ketardim. Boshida hech vaqom yo’q edi. Yaqinda esa o’zimning uyim bo’ladi. Mana shu odamlarning qo’llab-quvvatlovisiz erisholmasdim hech biriga”, - deydi u.
Veteranning so’zlariga ko’ra, qoradori va ichkilik uning hayotini vayron qildi.
Bugun o’zini tutib olgan; hukumat yordam dasturi va maslahatining bunda xizmati katta.
“Yordam beraman deganlar bor, faqat ularni qidirib topish, qimirlash kerak. Urush faxriysi ekanman deb himmat kutib o’tirmang”, - deydi faxriy.
Faollarning izohicha, boshpanasiz insonlarga dalda berilsa, ular tezroq qaddini rostlaydi va bundan butun jamiyatga foyda, chunki muhtojlar soni kamayadi.

Your browser doesn’t support HTML5