AQSh sobiq prezidenti Lindon Jonson qashshoqlikka qarshi kurash e’lon qilganiga 50 yil bo’lganiga qaramay mamlakatda bu muammo hanuz dolzarb. So’nggi izlanish natijalariga ko’ra, har yettinchi amerikalik qashshoqlikda yashaydi. Hukumatning ayrim ijtimoiy dasturlari ish bergan bo’lsa, boshqalaridan foyda bo’lmay, pul isrof bo’lgan.
1964-yil yanvarida prezident Jonson dastur haqida e’lon qilganida har beshinchi amerikalik qashshoq edi.
Prezidentlikka kelgandan bir necha hafta o’tgach, xalqqa yillik murojaatida Jonson Amerikada kambag’allikka qarshi murosasiz urush e’lon qilganini aytadi.
Hukumat oziq-ovqat sifati, sog’liqni saqlash va ta’lim tizimlari, malaka oshirish sistemasini yaxshilashga qaratilgan dasturlarni joriy eta boshlaydi.
"Maktablar sifatini yaxshilab, tibbiy tizimni mukammallashtirsak, yaxshiroq uylar qursak, kadrlar tayyorgarligini kuchaytirib, ish o’rinlarini yaratsak, bu urushda biz g’olib chiqamiz", - degan edi davlat rahbari.
Jonson o’zidan oldingi demokrat-prezidentlar olg’a surgan maqsadlarni amalga oshirmoqchi bo’lgan edi, deydi keyinchalik prezident Jonson mahkamasini boshqargan Jeyms Jouns.
"Masalan, prezident Garri Trumen 1946-47-yillarda taklif etgan tibbiy yordam dasturi yoki o’sha davrda olg’a surilgan aholini uy bilan ta’minlash programmasini olaylik. Keyingi 20 yilda bu borada konkret ish qilinmadi", - deydi sobiq rasmiy.
Prezident Jonson va uning rafiqasi 1964-yili Amerikaning nochor hududlarini ko’zdan kechiradi. O’shanda amerikaliklarning 19 foizi qashshoq edi.
50 yil o’tib vaziyat deyarli o’zgargani yo’q. Bugun aholining 15 foizi nochorlikda yashaydi.
Vashingtondagi Kato instituti eksperti Maykl Tannerning aytishicha, qashshoqlikka qarshi kurashga qancha pul sarflangani hisobga olinsa, hech bir ishning uddalanmaganini ko’rsa bo’ladi.
"1964-yildan beri turli dasturlarga 15 trillion dollar sarflangan", - deydi u.
Tashabbusning Kongressdagi tanqidchilariga ko’ra, kambag’allikni kamaytirishga qaratilgan dasturlar ustidan nazorat yo’q. Respublikachilar ko’pchilik Vakillar Palatasi yaqinda oziq-ovqat kuponlari dasturini yiliga to’rt milliard dollarga qisqartirishga ovoz berdi.
Maykl Tannerning aytishicha, imtiyozlarning ko’pligi va ularni olish oson bo’lgani bois odamlarda ishlash uchun rag’bat yo’q.
"Kambag’al odam dangasa emas, ammo ahmoq ham emas. Agar odamlarga ishlamagani uchun ishlaganidan ham ko’proq pul to’lasangiz, ular ishlamaslik yaxshi degan fikrga kelishi mumkin", - deydi ekspert.
Shunga qaramay, deydi Vashingtondagi Brukings tahlil instituti xodimi Ron Xaskins, Jonsonning tashabbusi millionlab odamlarni nochorlikdan chiqardi.
"Qashshoqlikka qarshi kurash siyosati to’g’ri edi. Ayrim dasturlar katta yutuqqa ega bo’ldi. Jonsonning tashabbusi tufayli mamlakat o’zini ancha o’nglab oldi", - deydi Xaskins.
Sobiq prezident bilan ishlagan Jeyms Jounsning aytishicha, bu dasturlar Jonson prezidentligining eng ulkan muvaffaqiyatlaridan edi.