O'zbekiston elchixonalari va fuqarolar: Munosabatlarni o'zgartirish payti keldimi?

  • Amerika Ovozi

O'zbekistonning AQShdagi elchixonasi

“Vashington choyxonasi” ko’rsatuvimizning navbatdagi sonida xorijdagi O'zbekiston fuqarolarini eng ko'p qiynaydigan konsullik masalalari haqida gaplashdik.

5-iyul kuni O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O’zbekistonning turli mamlakatlardagi elchixonalarida ishlovchi konsullari bilan videosuhbat qilishi kutilmoqda. Konsullar xorijda yashayotgan O’zbekiston fuqarolari yuzlashayotgan muammolar va savollarni o’rtaga tashlaydi, ularga yechim taklif qiladi.

Savollar esa ko'p. Amerikada yashayotgan o’zbeklarning aksariyati, hech bo’lmaganda bir marta bo’lsa ham, elchixonaga, konsulga murojaat qilgan. Tashqi ishlar vazirining xorijdagi fuqarolar fikrlariga, takliflariga quloq tutishi va bu borada muloqot o'tkazishi ilk bor kuzatilmoqda.

Buni, albatta, O’zbekistonda rahbariyat almashgani bilan izohlash mumkin. Har bir sohada katta o’zgarishlar yoki o’zgarishlar uchun tayyorgarlik kuzatilyapti. Yil boshida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi”ga doir farmon loyihasi jamoatchilikning faol ishtiroki bilan ishlab chiqildi. Hujjatning 80-bandida pasport, viza, xorijga chiqish va kirish tizimini takomillashtirish xususida gap ketadi. Kuzda bu masalalar bo’yicha aniq bir qaror chiqishi kutilmoqda.

Xorijda yashovchi o’zbekistonliklarni, asosan, mana shu mavzular qiziqtiradi. Xususan, biometrik pasportni O’zbekistonga bormasdan olish, ikki yillik chiqish vizasini yangilash, xorijda tug’ilgan farzandlarga tug’ilish haqida guvohnoma olish, xorijiy davlat fuqaroligini qo’lga kiritgan, ammo O’zbekiston fuqaroligidan voz kechishni istamagan odamlarning O’zbekistonga borib kelishini yengillashtirish. Bu suhbatimizni, asosan, mana shu mavzular atrofida qurdik.

Muloqotimizni quyida tomosha qiling.

Your browser doesn’t support HTML5

Vashington choyxonasi: O'zbekiston elchixonalari va fuqarolar