Populizm, millatchilik va emlanmaslik pandemiyani cho'zmoqda

  • Amerika Ovozi

Tedros Adanom Gebreyesus, Jahon Soq'liqni Saqlash Tashkiloti rahbari, Jeneva, 29-noyabr, 2021

Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotiga ko'ra, koronavirus keng tarzda tarqalishda davom etayotganining sababi - safsatabozlik, shaxsiy manfaatlar yo'lidagina propaganda olib borish, millatchilik va emlanmaslik pandemiyani cho'zmoqda.

Jahon Soq'liqni Saqlash Tashkiloti rahbari Tedros Adanom Gebreyesus deydiki, dunyo bo'ylab olimlar COVID-19 ga qarshi vaksina ustida qattiq ishladi va uni tezlikda yaratdi.

Ammo emlanish jarayoni sust kechmoqda va bunda asosan hukumatlar aybdor, deydi Tedros.

2020-yilda virus 1,8 million kishini hayotdan olib ketgan bo'lsa, 2021-yilda 3,5 million odam vafot etgan.

Tedros nazarida ko'plab rahbarlar tezlikda chora ko'rib, hamjihatlikda harakat qilmay vaqtni va inson hayotini boy bermoqda.

Buni ham ko'ring Dunyo bo'ylab koronavirusning yangi to'lqini avj olgan

“Populizm, millatchilik, tibbiy vositalarni vaqtida joyida ishga solmaslik, niqob taqishni targ'ib qilmaslik, diagnostika va vaksinaga tayanmaslik kasallikning yangi turlariga yetaklamoqda", - deydi Tedros.

Noto'g'ri informatsiya berish, ma'lumotlarni ataylab egri talqin qilish, ilm-fanga ishonmaslik, befarqlik - bular hammasi pandemiya chekinishining oldni olmoqda, deydi Tedros.

Jahon Soq'liqni Saqlash Tashkiloti rahbari fikricha, davlatlar darhol birgalikda tekis chora ko'ra boshlashi lozim. Aks holda, deydi Tedros, koronavirusning yangi ko'rinishlari paydo bo'laveradi.

“Insoniyat bu kasallikka nisbatan kollektiv qadaml tashlasagina, samara samara beradi, boshqa yo'l yo'q', - deydi Tedros.

'2022-yilning o'rtasigacha dunyo ahlining 70 foizi to'liq emlanib olishi lozim", - deydi mutasaddi. Uning tashkiloti shu maqsadni olg'a surmoqda.