Viskonsinda 7 kishi saylov kuni koronavirus yuqtirgan

  • Amerika Ovozi

Miluoki shahrida saylovchilar navbatda turibdi, 7-aprel, 2020-yil

Sog’liqni saqlash mutasaddilariga ko’ra, AQShning Viskonsin shtatida 7-aprel kuni partiyaviy saylovga chiqqan odamlarning kamida 7 nafari koronavirus yuqtirgan. Shulardan olti nafari saylovchi, biri esa saylov uchastkasi xodimi ekani ma’lum.

Asosan ko’ngillilardan iborat uchastka xodimlarini yollash qiyin bo’lgani uchun Miluoki shahrida salkam 200 ta saylov uchastkasidan faqat beshtasi ishlagan, natijada katta navbatlar hosil bo’lib, kimdir niqobda, kimdir niqobsiz soatlab kutishga majbur bo’lgan.

7-aprel kuni prezidentlikka o’z partiyasidan yagona nomzod bo’lish uchun bellashgan da’vogarlarga ovoz berishdan tashqari, shtat Oliy sudi, mahalliy idoralarga ham saylov bo’lib o’tgan.