SPIDga qarshi kurash samara bermoqda

  • Amerika Ovozi

Keniyadagi laboratoriyalardan birida

1-dekabr – odam immuniteti taqchilligi sindromi, qisqacha SPID deya tanilgan kasallikka qarshi kurash kuni. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga ko’ra, 2011-yilda bu xastalikdan o’lganlar soni keskin kamaygan. Lekin, deydi mutaxassislar, SPIDga qarshi choralarni to’xtatmaslik kerak.

Virusga chalingan qizaloq, Keniya... Ota-onasini SPIDga boy bergan mana shunday bolalar millionlarni tashkil etadi.

Joriy yilda SPID kasalligiga olib boradigan virus, qisqacha VICh deb ataluvchi baloni yuqtirganlar soni 21 foizga kamaygan.

Bu juda katta yutuq, deydi BMTning SPID bo’yicha dasturi rahbari Maykl Sidibe.

“Bu yil vaziyatning keskin o’zgartirishiga guvoh bo’ldik. Olimlar fikricha, agar virus yuqtirgan odam darhol davolanay boshlasa, qurbonlar soni 96 foizga pasayadi”.

Markaziy Osiyo SPID/VICH keng tarqalib borayotgan mintaqalardan biri

Dunyo bo’ylab VICh bilan yashayotganlar soni 34 milliondan oshadi. Yangi dorilar ularning SPID kasalligiga chalinmasligini kafolatlaydi. Bu bilan esa yiliga 700 ming hayot saqlab qolinmoqda.

Ammo muammolar hali ko’p, deydi amerikalik olim Entoni Fauchi.

“Qancha ko’p odam davolansa va tashhis qancha erta qo’yilsa, o’lim hollari shuncha kamayadi. Bu quvonarli, albatta. Lekin epidemiya hali to’xtamagan”.

Immunitet taqchilligi virusi har doim ham o'limga yetaklamaydi. Hozirda unga qarshi dorilar bor.

Afrikada yiliga 1 million odam SPID qurboniga aylanadi.

Ayni vaqtda virusga qarshi vaksina ustida izlanishlar davom etmoqda.

Muammo shundaki, bu kabi tadqiqotlar uchun millionlab dollar moliya zarur.

Biroq xalqaro hamjamiyat tomonidan SPIDga qarshi kurash uchun ajratilgan mablag’ning hajmi kamaydi: 2009-yilda 7,6 million dollar, 2010-yilda esa 6,9 million.

Kasallik yosh va jins tanlamaydi

BMT rasmiysi Maykl Sidibe donorlar saxiyroq bo’lishga undamoqda.

“SPIDga qarshi kurash niyohat konkret samara berayotgan paytda yordamni kamaytirish kerak emas, aksincha uni yanada oshirish zarur”,- deydi u.

Epidemiyani to’xtatish hali juda ko’p mehnat va mablag’ talab qiladi, deydi BMT vakili.

SPIDga qarshi kurash va global vaziyatni aks ettiruvchi tasvirlar: