Tokioda Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Jamg’armasi o’tkazgan yig’indan xulosa shuki, global iqtisod yaqin orada kuchaymaydi.
“Olti oy avvalgi vaziyat bilan taqqoslasak, bugun bozor va ishlab chiqarish ancha ildamlagan. Jahondagi eng yirik iqtisodiy tizimga ega Amerikada ahvol hamon og’ir ekanini hisobga olsak, inqirozdan qutuldik deyishga hali erta”,- deya sharhlaydi Tarman Shanmugaratnam.
Shanmugaratnam Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbarlaridan biri, shuningdek, Singapur Moliya vaziri.
AQShda Oq Uy va Kongress davlat iqtisodiy kelajagi ustida kelisha olmayapti.
Tokiodagi majlisda Vashingtonga nisbatan achchiq tanqidlar yangragan, bu mamlakat Moliya vaziri Timoti Gaytner savolga tutilgan.
Yevropa Ittifoqida ham vaziyat tang. Gretsiya singari zaif davlatlarga qanday yordam ko’rsatish lozimligi borasida blok a’zolari kelisha olmayapti.
Shunga qaramay, deydi Kristin Lagard, Jahon Banki prezidenti, ittifoq bu davlatni tashlab qo’ymaydi. Gretsiya hukumati daromadni oshirish va xarajatlarni kamaytirish borasida aniq dastur ishlab chiqishi kerak, deydi u.
“Amerika Ovozi” bilan Tokioda gaplashgan ekspertlar bir narsaga urg’u beradi: har bir davlat ko’rpaga qarab oyoq uzatishi shart. Yo’q pulga xarajat qilmang. Kredit tizimlarini ayang, mustahkamlang.
Your browser doesn’t support HTML5