Bugun 31-dekabr. Ayrim davlatlarda yangi, 2012-yil kirib bo’ldi, boshqa mamlakatlar esa 2011-yilni kuzatishga hozirlik ko’rmoqda.
Ayyomni birinchilardan bo’lib kutib olgan Yangi Zelandiyada katta, dabdabali mushakbozlik bo’ldi.
Tayvanda esa 100 mingdan ziyod velosipedchi poygaga chiqdi.
AQShning Nyu-York shahri, mashhur Tayms maydoni sekin-asta odamlarga to’la boshlagan. Tunda ular soni yuz mingdan oshishi kerak.
AQSh prezidenti Barak Obama yangi yil xalqqa shod-xurramlik, Baraka olib keladi va iqtisodiy muammolar ortda qolib, odamlar ishli-joyli bo’ladi, degan umidda.
Ayyom arafasida qonunchilar ishsizlar uchun imtiyozlar dasturini ikki oyga uzaytirib to’g’ri ish qildi, dedi prezident xalqqa murojaatida.
Qo’shma Shtatlar astoydil mehnat va mas’uliyat meva beradigan mamlakat bo’lib qolishi uchun imkon qadar harakat qilaman, dedi prezident.