AQShdagi saylovlar haqida dunyo nima deydi?
Afg'onistondan Muhammad Ashraf Kashavoz: "Obama nafaqat o'z davlati, balki boshqa mamlakatlar uchun ham qayg'uradi".
Shimoliy Koreyadan Ox Se-Xyek: "Obama rahbarligida Amerika mening yurtimga nisbatan to'g'ri siyosat yuritmoqda deb o'ylayman".
Janubiy Koreyadan Kim Su-Yeon: "Men Obama ma'qul deyman, chunki shaxsiy qarashlarim uniki bilan hamohang. "
Filippindan Toni Guzman Obama zo'r lider deydi
Filippindan Derek Obryan ham Obama tarafdori
Tayvandan Jeyn Lien: "Obama saylangani yaxshi".
Indoneziyadan Fadli Zon: "Bush va Obama siyosati o'rtasida katta farq bor. Obama qolgani yaxshi".
Indoneziyadan Ima Abdulrahim: "Obama g'alabasi Osiyo uchun muhim".
Falastinlik Muhammad Abu Rub Obama Falastin uchun qayg'uradi degan umidda
Isroildan Rut Xarif: "Fojia. Farzandlarim Amerikada va Obama siyosatini yaqindan kuzatayapman. Afsus, Romni saylanmadi".
Keniyadan Charles Ngigi: "Romni mag'lubiyatni tan olgani tahsinga sazovor. Demokratiya bu".
Keniyadan Daniel Orenge: "Obama ota yurtiga keladi degan umiddamiz".
Misrdan Faruk Abu al G'ayt: "Obama va'daboz... Hech narsa o'zgarmaydi".
Misrdan Vohid Ahmad Fuad: "Arab dunyosi Obamadan minnatdor bo'lishi kerak".
Misrdan Mervat Muhammad: " Obama arablar va musulmonlarni hurmat qiladi".
Misrdan Mahmud: "Obama vatanimga yordam berishi kerak... U yaxshi odam, bizni hurmat qiladi".