Ukraina bosh vaziri iste'fo berdi

  • Amerika Ovozi

Arseniy Yatsenyuk

Bugun Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk iste'foga chiqdi. Uning iste'fo haqidagi arizasi seshanba kuni parlamentga yo'llanadi.

Yatsenyuk 2014-yil fevralidagi davlat to'ntarishidan so'ng hokimiyatga kelgan edi. Mamlakatning boshi iqtisodiy va siyosiy inqirozdan chiqmas ekan, Yatsenyuk o'z iste'fosini saylov, konstitutsion va adliya islohotlarini o'tkazishga, Yevropa Ittifoqi va NATOga qo'shilish yo'lida yaxshi imkoniyat dedi.

Unga ko'ra, uning siyosiy raqiblari hukumatda sun'iy ravishda inqirozni yuzaga keltirdi, natijada siyosatchilarning ko'zi ojizlanib, asl o'zgarishlarni amalga oshirishdan bosh tortishdi.

Fevral oyida parlamentda Yatsenyukni ishdan olishga qaratilgan chora yetarlicha ovoz to'play olmadi. Bundan norozi ikki fraksiya hukmron koalitsiyani tark etdi. Yatsenyuk iqtisodiyotning yomonlashishida, islohotlarning sekinlashishida ayblanmoqda, mamlakatda korrupsiya kuchaygan.

Agar qonunchilar yangi bosh vazirni tanlay olmasa, Prezident Petro Poroshenko muddatidan erta saylovlar o'tkazishni buyurishi mumkin. Biroq ayrim tahlilchilar nazarida, erta saylovlar mamlakatni yanada bo'lib qo'yish ehtimoli yuqoriligi bois Poroshenko bu qadamdan o'zini tiyishi mumkin.


Prezidentning parlamentdagi fraksiyasi bosh vazirlikka Oliy Rada spikeri Vladimir Groysman nomzodini olg'a surgani ma'lum.