O'zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova "Amerika Ovozi" bilan suhbatda Andijon fojiasi yuzasidan ham o'z fikrlarini bildirdi. Bu voqea haqida nega kuylamaganini aytdi.
2-may kuni Nyu-Yorkda konsert bergan xonanda biz bilan bu shaharning Markaziy parkida ko'm-ko'k o't ustida o'tirib muloqot qilar ekan, vatan, vatandoshlar, zamon va ijod haqida to'lqinlanib gapirdi. Jahongashta san'atkor uchun O'zbekiston muqaddas zamin. Yurt tinchligini saqlash eng oliy vazifa, deydi u.
Har bir intervyuning o'z tarixi bor. O'zbekistondagi vaziyat va Andijon fojiasi haqidagi suhbatimiz intervyudan keyingi intervyu. Yulduz Usmonova bilan gaplashib to'ymadik. O'zining kuchli fikr-qarashlariga ega san'atkor zamon va odamlarni tahlil qilar ekan, mentalitet va irodaga urg'u berdi.
Your browser doesn’t support HTML5