Zelenskiy bilan Putin uchrashishi mumkin. Qayerda va qachonligi noma'lum

  • Amerika Ovozi

So'nggi bir ikki rahbar 2019-yil dekabrida Germaniya va Fransiya rahbarlari vositachiligida ko'rishgan edi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi vaziyatni muhokama etish uchun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi mumkin.

Your browser doesn’t support HTML5

Xalqaro hayot – 26-aprel, 2021-yil

"Uchrashuv bo’ladiganga o’xshaydi”, - dedi Zelenskiy.

Ukraina prezidenti yaqinda Putin uning qo’ng’iroqlariga javob bermayotganini aytib kelayotgan edi.

Rossiya Donbass bilan chegarada va Qrimda harbiy mashqlar o’tkazib, katta miqdorda qo’shin va harbiy texnika to’plagani Ukraina hukumati va G’arbdagi ittifoqchilari xavotiriga sabab bo’lgan edi.

O’tgan hafta Putin qo’shinlarni 1-maygacha bazalariga qaytarishga ko’rsatma berdi, biroq harbiy texnika chegarada qolishini, kelajak mashg’ulotlarda ishlatilishini aytdi. Putin, shuningdek, Zelenskiy bilan Moskvada uchrashishga rozi bo’ldi.

Ukraina Rossiyani 2014-yilda Qrimni tortib olganlikda va mamlakat sharqidagi bo’lginchilarni qo’llab-quvvatlayotganlikda ayblab keladi. Kreml Donbassda rossiyalik harbiylar borligini inkor etadi.

O’tgan yil iyulida erishilgan sulh puchga chiqib, mintaqada harbiy to’qnashuvlar jonlangan. Kiyev yil boshidan beri 30 dan ziyod askari halok bo’lganini ma’lum qildi.

Russia's Putin says open for talks with Zelenskiy, but Ukraine must open dialogue with Donbass

Zelenskiy Putinga Donbassda uchrashishni taklif etgan, biroq Putin Moskvada muloqot qilishni afzal ko’rmoqda.

Uning aytishicha, Ukraina hukumatining mamlakatdagi Rus Pravoslav cherkovi, rus tili va rusiyzabon fuqarolariga munosabati Kremlni tashvishga solmoqda.

Biroq agar Zelenskiy Donbassdagi vaziyatni muhokama etishni istasa, dedi Putin, Rossiya bilan gaplashishdan oldin avval Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasi rahbarlari bilan uchrashishi kerak.