Abdulaziz Jo'rayev - sozanda va hofiz. O'zbekistonda uzoq yillar san'at sohasida xizmat qilgan. Bugun muhojir sifatida AQShda kun kechirmoqda. U bizga okeanortida o'tkazgan ilk kunlari, ko'rgan qiyinchiliklari haqida so'zlab berdi.
"Amerika Ovozi" Pensilvaniya shtatining Pittsburg shahri va uning tevaragida istiqomat qilayotgan o'zbekistonliklar jamiyati uyushtirgan bayramda bo'ldi. Husniddin Qutbiddinov lavhasi.
Nyu-York shtatining Sirakyus shahrida istiqomat qiluvchi bir guruh oʻzbekistonlik shifokorlar Pensilvaniyada mehmon boʻldi. Husniddin Qutbiddinov ular bilan uchrashib, koronavirus, pandemiyadan keyingi hayot va oʻzbek shifokorlarining Amerikadagi muvaffaqiyatlari haqida suhbatlashdi.
Havoning oʻta injiqligi va koronavirusga oid cheklovlar bois Pensilvaniya shtatidagi oʻzbeklar bu yilgi bahor sayilini odatdagiday mart oyida emas, aprelda nishonladi. Tadbirda Oʻzbekistonning Nyu-Yorkdagi konsulligi vakillari ham ishtirok etib, vatandoshlarga notarial xizmatlar ko’rsatdi.
Koronavirus pandemiyasi dunyoni zabt etganiga bir yildan oshdi. Gavjum shaharlar huvillab qoldi; bizneslar, maktablar va o’quv yurtlari eshiklari yopildi. O’tgan bir yilni AQShdagi o’zbekistonliklar qanday xotirlaydi? Shu haqda tayyorlangan maxsus lavhamizni tomosha qiling.
8-mart kuni "Haqiqat va Taraqqiyot" sotsial-demokratik partiyasining ta'sis qurultoyi bo'lib o'tgani ma'lum qilindi. Partiya lideri etib saylangan professor Xidirnazar Olloqulov qanday shaxs? Vatandoshlar unga qanday munosabatda? Husniddin Qutbiddinovning lavhasi shu haqda.
Ijtimoiy tarmoqlarning oʻzbek tilidagi sahifalari murosasiz tortishuvlar, haqoratli ayblovlarga boy oʻziga xos “jang maydoni”ga aylangan. Ba'zan kimnidir yomonotliq qilishga urinishlar ortida uyushgan yoki yollangan guruhlar turishi aytiladi. Hamkorimiz Husniddin Qutbiddinov shu mavzuni o'rgandi.
Pensilvaniya shtatining Pitsburg shahrida oʻzbekistonliklar uchun koronavirusni aniqlashga qaratilgan sayyor test sinovlari uyushtirildi. Pitsburdagi oʻzbeklar jamiyati tashabbus bilan chiqqan.
Pensilvaniya shtatining Pitsburg shahridagi vatandoshlar ijtimoiy-siyosiy vaziyat hamda yangi prezidentdan kutilayotgan oʻzgarishlar, yangi maʼmuriyat boshqaruvi ostidagi AQShning ichki va tashqi siyosatda tutajak oʻrni haqida suhbatlashdi.
AQShda pandemiya tufayli hamon tashvishli vaziyat saqlanib qolmoqda. “Jewish Family and Community Services” (JFCS) tashkiloti dastur yetakchilaridan biri Oydinoy Nazarova pandemiya davrida oʻzbekistonliklar hayoti, muammolari va tavsiya etilayotgan yechimlar haqida aytib berdi.
"Amerika Ovozi"ning Pitsburgdagi hamkori Husniddin Qutbiddinov shahardagi bayram oldi manzarani tasvirga olgan holda Pensilvaniya shtatining bu shahrida yashovchi o'zbekistonliklarning Yangi yil tabriklarini yozib oldi.
Pitsburg shahrida yashovchi Javohir Holmurodovning asl mutaxassisligi mehmonxonalarda ish yuritish. Ammo Amerikaga kelgach bolalikdagi orzulari ketidan uchuvchilik kasbini oʻrganib, yakka holda parvoz qila boshladi. Kelajakdagi maqsadi - fuqarolik aviatsiyasi uchuvchisi boʻlish.
Koronavirus pandemiyasi tufayli bu yil Pensilvaniya shtatining Pitsburg shahrida 60 yildan beri nishonlab kelingan "Tungi chiroqlar" (Light Up Night) tadbiri bekor qilindi. Minglab odamlar ishtirokida o`tadigan bu tadbir qishki bayramlarga start beruvchi mushak va chiroqlari bilan mashhur edi.
Pensilvaniya Amerika rahbarini tanlashda muhim rol o'ynaydigan shtatlardan biri. 13 millionga yaqin aholi ega, yirik sanoat, biznes va qishloq xo'jaligiga asoslangan hudud. Shtat prezidentlik uchun kimga ovoz berdi? Husniddin Qutbiddinov xabar beradi.
3-noyabr, 2020: Pensilvaniya Amerikada prezident kim bo'lishini hal qiluvchi shtatlardan biri. Saylovlar qanday kechdi? Pitsburg shahridan Husniddin Qutbiddinov sharhi.
Pensilvaniya shtati, Pitsburg shahrida yashayotgan jamiyatshunos Bahodir Fayzi bilan O’zbekistonning BMT Inson huquqlari kengashiga kirishi, AQSh saylovlari, o’zbeklar prezidentlikka kimni ma’qul ko’rishi xususida suhbatlashdik.
Pensilvaniya shtatining Pitsburg shahrida yashovchi vatandoshlar o'zbek tili kuni munosabati bilan bolalar uchun bayram tadbiri uyushtirdi.
AQShning Pensilvaniya shtati Pitsburg shahrida istiqomat qiluvchi amerikalik belaruslar ona yurtidagi vatandoshlarini qo`llab, birdamlik namoyishi uyushtirdi.
Pensilvaniya shtatining Pitsburg shahridagi universitetlarda pandemiyaga qaramay o'qishlar boshlanishi ma'lum qilindi. Universitet xodimlari va talabalar har doim niqob taqib yurishlari kerak bo'ladi. Shahar maktablarining qayta ochilish jarayoni esa yana ikki yarim oy muddatga kechiktirildi.
Pitsburgdagi O'zbekistonliklar jamiyati vatandoshlar uchun oʻzbek tili boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini yoʻlga qoʻydi. Haftaning har shanba kunida oʻtayotgan mashgʻulotlarga qiziquvchilar soni tobora ortib bormoqda.
Ko'proq...