Amerikada istiqomat qiluvchi Yulduz Masharifova endi 21 bahorni qarshilaganiga qaramay, okeanorti yurtida millionlab o’z muxlislarini topishga ulgurdi.
Xorijda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan har bir vatandoshimizning o’z hayoti, taqdiri, muvaffaqiyatga erishish yo’li bor. AQShda bir vaqtning o’zida oltita universitetga qabul qilingan Sadoqat Hakimova Amerikada o'qishga kirish borasida tengdoshlariga bir qancha maslahatlar beradi.
Turkiyada o’qishning qanday afzalliklari bor? Har ikki mamlakatda amalga oshirilgan ilmiy ishlar saviyasini qanday baholash mumkin? Ana shu kabi savollar haqida qardosh mamlakatda tahsil oluvchi Ma’murjon Ahmatjonov va Gulnoza Saidova bilan suhbatlashdik.
Bugun Turkiyada qancha o’zbekistonlik talaba va tadqiqotchilar bor? Xorijda tahsil olgan yoshlar O’zbekistonga qaytyaptimi? Qaytganlari vatanda o’z o’rnini topa olyaptimi? Shu kabi savollar bilan Turkiyadagi vatandosh Ergash Jumayevga murojaat qildik.
Bugun AQShda taxminan 500 nafar o’zbekistonlik talaba tahsil oladi. Shulardan biri – Iroda Qayumova bu yil AQShdagi nufuzli Keyn Universitetining Buxgalteriya va hisobot yo’nalishini tamomladi. O’zbek qizi Amerikadagi onlayn bitiruv marosimi haqida nima deydi?
AQShda koronavirus tufayli tartib ham borgan sari qat’iylashmoqda. Kishilardan imkon qadar uydan ko’chaga chiqmaslik so’ralyapti. Shahar merining ko’pgina bizneslar faoliyatini vaqtincha to’xtatish to’grisida buy’rugi ham chiqdi. Maktablar, bolalar o’yingoh va sport maydonchalari yopildi.
Poytaxt Vashingtonda 16-martdan beri o’quvchilar uyda. Ta'lim internet orqali olib borilyapti. Masofaviy ta’lim avvaliga 1-aprelgacha deb e’lon qilingan bo’lsa-da, mamlakatda vaziyat keskinlashishi ketidan bu muddat 24-aprelgacha uzaytirildi.