Ag’zam va Bobur Rossiyaning Moskva shahrida “Yumecs” logistika kompaniyasiga asos solishgan. Ular bunga qanday erishdi? Shu kungacha boshlaridan qanday qiyinchiliklarni o'tkazdi? Ular bizga o'z boshlaridan o'tkazgan qiyinchiliklar haqida so'zlab berdi.
Har yili qish mavsumida mehnat muhojirlarining katta qismi o’z yurtiga qaytadi. Rossiyadagi o’zbekistonliklarchi?
Muhammad Zokirov Moskva Davlat madaniyat universitetining 3-bosqich talabasi. U Rossiyaga qanday kelib qolganidan tortib, o'zbek jurnalistikasi, Rossiyadagi firibgarliklargacha bo'lgan turli mavzular haqida "Amerika Ovozi"ga so'zlab berdi.
Rossiyada 4 millonga yaqin o’zbekistonlik mehnat muhojiri istiqomat qiladi; ularning 50 ming nafari bilim olish maqsadida kelgan.
Rossiyada markaziy federal dastur doirasida so’nggi 5 yil mobaynida har yili “Dunyo xalqlari” nomi ostida xalqaro festival bo’lib o’tadi. Moskvada o'tkazilgan bu yilgi tadbirni "Amerika Ovozi" ham kuzatdi.
Zarur tibbiy yordamni ololmasligi oqibatida Rossiyada har yili 1000 ga yaqin mehnat muhojiri vafot etadi. Ularga arzon xizmat ko'rsatuvchi muassasalar ham yo'q emas. Qirg’izistonlik shifokor yo'lga qo'ygan ana shunday xususiy klinikaga tashrif buyurdik.
2017-yil ma'lumotiga ko'ra, Rossiyaga 4 millionga yaqin o’zbek muhojiri kirib kelgan. Ular orasida o’z biznesini yo’lga qo’ygan tadbirkorlar ham talaygina.
Rossiyada yil sari mehnat muhojirlarining soni oshmoqda. Ular orasida o’z oilasi va farzandlari bilan kelayotganlar ham ko'p. Moskvada bog'chalar juda kam. Ularga muhojir farzandlarini qabul qilishlari deyarli imkonsiz. Yechim bormi?
Rossiyadagi muhojirlar orasida ish beruvchilar va ijrachaga uy-joy beruvchi shaxslar tomonidan firibgarlik va aldovlarga duch keladiganlar oz emas.
Rossiya Federatsiyasida, rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2 millionga yaqin o’zbekistonlik mehnat muhojiri istiqomat qiladi. Ularning asosiy qismi og’ir sharoitdagi mehnat bilan mashg'ul.