AQShda “Obamacare” nomli sog’liqni saqlash dasturi orqali millionlab amerikaliklar sug’urtaga ega bo’ldi. Ammo mamlakatning keyingi ma’muriyati bu dasturga qanday o’zgartirishlar kiritishi noma’lum. Fuqarolar uchun tibbiy sug’urta saylovda muhim masalalardan biridir.
Amerikada 5-noyabrda prezidentlik saylovlari bo’lib o’tadi. Fuqarolar bir qancha usullar bilan ovoz berishlari mumkin, jumladan, pochta orqali.
AQShda bu yilgi mahalliy saylovlarda qator konservativ shtatlarda abort huquqi tarafdorlari yutdi. Kelasi yilgi prezident saylovi oldidan bu liberallar uchun xush xabar.