Breaking News

Tojikistonda hanuz qishning nafasi kezmoqda

Butun Markaziy Osiyoda kuzatilganidek, Tojikistonda ham qishning so’nggi kunlari bahor erta kelganday, ko’klam nafasi ufurib dehqon etagiga shamol urgandek edi go’yo. Ammo 8-mart kechasi bilan yo’g’ib chiqqan qor erta tonggacha butun mintaqani oppoq to’shakka burkadi. Uyidagi sandali va pechkalarini buzib qo’yganlar yana qayta issiq tanchalar o’rnatdi, chorva uchun ko’klamgi yaylovga yetdik deganlar yana xashak va yem bozoriga otlandi. Ta’mirtalab eski ko’chalar loy va suv halaqali bilan to’ldi. Izg’irin bo’lsa-da, tashqarida hayot davom etmoqda. Hamma ro’zg’or tashvishlari bilan band.

16x9 Image

Ravshan Shams

Tojikistondagi jamoatchi muxbir. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy mavzularni yoritadi.

XS
SM
MD
LG