Breaking News

Tailandda ommaviy namoyishlar tinmayapti


Bangkok, Tailand, 26-may, 2014
Bangkok, Tailand, 26-may, 2014
Tailandda harbiy to’ntarishni tanqid qilgan sobiq vazir hibsga olingan. Sobiq ta’lim vaziri Chaturon Chaysanning jurnalistlarga aytishicha, armiya o’z xatti-harakati bilan siyosiy tanazzulni yanada keskinlashtirdi.

Rasmiy matbuot anjumanini o’tkazayotgan paytda askarlar bostirib kirib uni ushlagan. Chaturon tanqidiy so’zlari uchun qamalishini bilgan edi.

Harbiylar o’tgan hafta deyarli barcha vazirlarni, jumladan, sobiq bosh vazira Yinlak Shinavatrani ushlab, so’roq qilgan edi. Chaturon buyruqni pisand qilmasdan, armiya huzuriga bormay yurgan. Xalq saylagan hukumatni tarqatish yo qamash teskari natija beradi, deydi vazir.

Yarim yildan beri g’alayondan boshi chiqmayotgan Tailandda armiya o’tgan payshanba hukumatni qo’lga oldi. Jamoat tartibini tiklash va siyosiy islohotlarni amalga oshirish uchun zarur bu, deydi generallar.

Taqiq va harbiy holatga qaramay mamlakatda norozilik namoyishlari davom etayapti. Mamlakatda o’ziga to’q sinf, yo’qsil aholi va Bankokda o’rnashib olgan kuchlar kelishmaydi.

Qurolli kuchlar rahbari, general Prayut Chan-ocha itilof va zo’ravonliklar tinmasa, kuch ishlatishga majbur bo’lamiz, deya ogohlantirdi.

Olti oydirki, Tailandda siyosiy beqarorlik hukm surmoqda. Yinglak Shinavatra nepotizm, ya’ni yaqinlariga mansab ulashganlikda ayblanib, sudlangan va xizmatdan chetlatilgan edi. Namoyishlar avj olib, ular qonli tusga kirib, 30 ga yaqin odam o’lgan.

O’tgan 80 yilda Tailandda harbiylar hukumatni 12 bor to’ntargan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG