"Choychilar" harakati - Kongressga saylovlar - Navbahor Imamova
Amerikada 4-noyabrda Kongressga saylovlar. Vakillar Palatasi a’zolari har ikki yilda saylanadi, senatorlar esa olti yilda. Hozirda ko’plab shtatlarda partiyaviy saylovlar, ya’ni saralash jarayoni avjida. 2010-yilda Vakillar Palatasini demokratlardan tortib olib, u yerda respublikachilarni ko’pchilikka aylantirgan kuch “Choychilar” harakati edi. Nomiga qarab ularni choy bilan bog’liq bo’lsa kerak deb o’ylashingiz mumkin. Aslida ularning dardi hukumat. “Choychilar” o’taketgan konservatorlar bo’lib, Respublikachilar partiyasining eng radikal qanoti hisoblanadi. Ular nazarida bugun Amerikada boshqaruv konstitutsion cheklovlardan chiqib ketgan va fuqarolar ustidan nazorat har qachongidan kuchli. Ular davlatning inson hayotidagi rolini kamaytirish payida. Shuningdek, Amerika xalqaro maydonda ko’p sarf-xarajat qilmoqda deb hisoblashadi. “Choychilar” asosan dindor nasroniylardan iborat. Yaqinlashayotgan saylovda ular e’tiborni mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga qaratmoqda. Navbahor Imamova hikoya qiladi.
Siz uchun
-
Aprel 18, 2021
AQSh qo'shinlari va Afg’oniston taqdiri
-
Fevral 07, 2020
AQSh Qirg'iziston uchun nega vizalarni chekladi?
-
Fevral 02, 2020
Tojikistonda terrorizm gumoni bilan yuzlab odam ushlangan