Qo’shma Shtatlar bo’ylab minglab odamlar namoyishga chiqib, Missuri shtatida politsiya o’qidan o’lgan qora tanli o’smirni xotirlayapti. Yuzdan oshiq shaharlarda yig’ilgan fuqarolar 18 yoshli Maykl Braunni va politsiya qo’lidan o’lgan boshqa vatandoshlarni bir daqiqalik sukunat bilan esladi. Missurida namoyishlar qonli tus olgach, prezident Barak Obama kecha jamoatchilikni tinchlanishga undadi.