O'tgan hafta AQShning Texas shtati kasalxonasida bir bemor Ebola virusidan vafot etgan edi. Unga qaragan ikki hamshira ham virusni yuqtirgani aniqlandi. Ayni paytda dunyo bo'ylab kasallikka qarshi kurash choralari kuchaytirilmoqda.
AQShda Ebola bilan xastalanganlar soni ikkitaga yetdi

5
Sog'liqni saqlash xodimlari Liberiyada Eboladan o'lgan ayolning jasadini olib ketmoqda, 14-oktabr, 2014-yil.

6
Siyerra-Leoneda Eboladan halok bo'lgan odamlarning jasadlari tez olib ketilmayotganidan norozi aholi namoyishlarga chiqib, yo'llarni to'sib qo'ydi. Politsiya bilan to'qnashuvda ayrim namoyishchilar jarohat olgan, 14-oktabr, 2014-yil.

7
Siyerra-Leoneda mahalliy aholi ko'chalarni Eboladan o'lgan odamlar jasadidan tezroq tozalashni talab qilib, yo'llarni to'sib qo'ydi, 14-oktabr, 2014-yil.

8
Siyerra-Leoneda sog'liqni saqlash xodimlari navbatdagi qurbonni olib kelish uchun yo'lga chiqmoqda, 14-oktabr, 2014-yil.