Katolik dunyosi rahnamosi, Rim papasi Fransisk Kubaga safar qilib, bu davlat rahbarlari va xalqi bilan muloqot qildi. Gavanada u, shuningdek, Rossiyadan kelgan mehmon Rus pravoslav cherkovi rahbari Kirill bilan uchrashdi. Bu - ikki cherkov boshliqlarining o'tgan 10 asrda ilk bor ko'rishishi. Papa ayni damda Meksikada.