Breaking News

"GM O'zbekiston": Kim nimada ayblanmoqda?


O'zbekiston va Amerika rasmiylari qo'shma korxonani biznes hamkorlikning yorqin namunasi deya maqtab keladi. Zavodning 75 foizi davlatga tegishli. Janubiy Koreyaning "Daewoo" kompaniyasi o'rnida 2008-yilda vujudga kelgan biznesning bosh idorasi Asaka shahrida joylashgan.
O'zbekiston va Amerika rasmiylari qo'shma korxonani biznes hamkorlikning yorqin namunasi deya maqtab keladi. Zavodning 75 foizi davlatga tegishli. Janubiy Koreyaning "Daewoo" kompaniyasi o'rnida 2008-yilda vujudga kelgan biznesning bosh idorasi Asaka shahrida joylashgan.

"GM O'zbekiston" - AQShdagi yirik "General Motors" avtomobilsozlik kompaniyasi bilan hamkorlikda ochilgan biznes. 2008-yilda Janubiy Koreyaning "Daewoo" ishlab chiqarish birlashmasi o'rnida vujudga kelgan. "GM O'zbekiston"ning 75 foizi davlatniki.

O'zbekistonda bu qo'shma korxonaning sobiq rahbari Tohirjon Jalilov hibsga olingani haqida ma'lumotlar bor. "Ozodlik" radiosining aniqlashicha, Jalilov aynan Rossiyadagi qilmishlari sabab nishonda. Lekin kompaniya bu haqda lom-mim demayapti. Respublika hukumatidan ham biror bayonot yo'q.

Qo'shma korxonaning Rossiyada ko'rgan zarari yuzasidan tergov kengayib, uning federatsiyadagi distribyutori nishonda, degan xabarlarni tegishli tomonlar inkor etmoqda.

"GM" mashinalarini federatsiyada "Ravon" brendi bilan sotadigan shirkatning bildirishicha, rublning qadrsizlanishi va bank-kredit tizimining oqsagani sabab biznes ancha orqaga ketgan, biroq hozir O'zbekistonda kechayotgan tekshir-tekshirga uning aloqasi yo'q.

2014-yildan beri, ya'ni Rossiya Ukrainaga nisbatan "agressiv siyosati" bois G'arb sanksiyalari bilan yuzlashganidan buyon rubl qiymati ikki baravar pasaydi. Neft narxi tushgani ham ulkan moliyaviy zarar yetkazdi.

"GM" AQShda asoslangan yirik avtomobilsozlik tizimi va jahon bo'ylab mahsulot ishlab chiqaradi.

O'zbekiston va Amerika rasmiylari qo'shma korxonani biznes hamkorlikning yorqin namunasi deya maqtab keladi. "GM O'zbekiston" bosh idorasi Asaka shahrida joylashgan. Kompaniya besh ming ishchiga ega ekanini qayd etib keladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG