Savdo bitimlari odatda ulkan umidlar bilan kutib olinadi. Yangi ish o’rinlari yaratiladi va mahsulot bahosi pasayadi degan ishonchli bayonotlarni eshitamiz. Tadbirkorlar bu borada qanday fikrda?
Hanjin”, Janubiy Koreyaning yirik tijoriy kompaniyasi, inqirozga uchragan. Sabab – savdo sust.
Kompaniya ishchilarining oyligini to’lash uchun zo’rg’a pul topdi. Xazinasi qurib qolgan.
Global savdo bu yili 1,7 foizga o’sdi. Jahon Savdo Tashkilotiga ko’ra, moliyaviy inqirozdan chiqilganidan beri eng past o’sish.
Tijoriy shartnomalar faqat qog’ozda, deya noliydi biznes egalari. Jahon iqtisodiyoti susayishida kim aybdor?
Obama ma’muriyati, deydi AQShda prezidentlikka nomzod Donald Tramp. 2009-yildan beri millionlab odamlar ishini yo’qotdi, deydi u, yangi savdo bitimi safsata.
“Tinch okeani davlatlari orasidagi yangi kelishuvdan biror foyda yo’q bizga. Faqat zarar ko’ramiz”.
Lekin Xalqaro Valyuta Jamg’rmasi rahbari Kristin Lagardning aytishicha, yangi bitim iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi.
“Savdoni cheklash - iqtisodiy xato. Bu bilan siz xususiy sektor qo’lini bog’lab, oilalar va ishchilar hayotini barbob qilasiz. Ta’minot tizimini buzasiz va mahsulotlar bahosini oshirasiz. Nima foyda?”
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri deydiki, savdo bitimlari diplomatiya, siyosiy ta’sir va xavfsizlik vositalaridir.
"Tinch okeani davlatlari orasidagi bitimni rad etish Amerika uchun mag’lubiyat bo’ladi. Osiyo-Tinch okeani hududida yetakchilik qilmoqchi bo’lsak, hamkorlikni kuchaytirmoqchi bo’lsak, bu mamlakatlar bilan tijoratni oshirish kerak. Manfaatdormiz bundan”.
Osiyo-Tinch hududidagi 12 davlat orasidagi yangi kelishuv haqida gap ketmoqda. U yerda dunyo aholisining chorak qismi yashaydi. 21-asrdagi muhim o’zgarishlar shu yerda bo’ladi, deydi siyosatdonlar.