Breaking News

Ikkinchi debat achchiq so'zlar bilan boshlandi

Donald Trampning xotin-qizlarni yerga uruvchi, jinsiy aloqalar va hirs haqidagi gaplari aks etgan video ommaga taqdim etilgach, respublikachi nomzodga nisbatan qarshilik yanada kuchaygan. Tramp 2005-yildagi bu gaplari uchun kechirim so'ragan lekin muammo uning ahloqsiz inson ekanida, deydi jamoatchilik. Tramp ayollarni kamsituvchi fikrlari uchun ilk bor savolga tutilayotgani yo'q. Tramp va demokrat nomzod Hillari Klinton orasidagi ikkinchi debat Missuri shtatidagi Vashington universitetida o'tdi.
Bahs prezidentlikka nomzodlarning o'zaro ta'na toshlari bilan boshlandi. Salom-aliksiz. Lekin debat oxiriga borib, saylovchilar talabi bilan ular iliq so'zlar almashishga majbur bo'ldi. Demokrat nomzod Hillari Klinton respublikachi nomzod Donald Trampning farzandlarini maqtadi. Tramp esa Klintonni haqiqiy kurashchi, jasur inson deb atadi.

Ko'proq...

XS
SM
MD
LG