Donald Tramp yangi ma’muriyatini tuzish bilan band. Eng muhim lavozimlardan biri bu davlat kotibi, tashqi ishlar vaziri. Bu o’ringa kim tayinlansa ham, deydi kuzatuvchilar, uni mashaqqatli vazifalar kutmoqda. AQSh xorijiy davlatlar bilan aloqalarini qayta ko'rib chiqishi mumkin.