Breaking News

Chex xususiy kapitali Qirg’izistonda ixcham elektr stansiyalar quradi


Qirg'iziston suvga boy
Qirg'iziston suvga boy

Bugun Qirg’iziston hukumati bilan imzolangan shartnoma bo’yicha Chexiyaning “Liglass Trading CZ, SRO» kompaniyasi Norin daryosining yuqori oqimida ikki ihcham suv elektr stansiaysi barpo etadi, sarmoyador bunga 230 million dollar sarflaydi. Yuqori Norin suv stansiyalari shalolasiga jami 500 million dollar jalb qilinishi aytilmoqda.

Chexiya kompaniyasi Qirg'izistonda GESlar quradi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:58 0:00

Bishkek Yevropadan yirik xususiy sarmoyalar kira boshlashini istiqbolli ko’rinish sifatida baholamoqda.

Shartnomaga ko’ra, dastavval chex kompaniyasi Norin daryosida Akbula va Norin-1 elektr stansiyalarini quradi. Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilingach, yana ikki stansiya qurilishi boshlanadi.

Avvaliga Yuqori Norin GESlar shalolasini qurish bo’yicha Rossiya kompaniyalari bilan kelishilgan edi. Keyinroq rus tomoni ushbu loyihadan voz kechgandi.

Qirg’ziston parlamentining deputati Anvar Ortiqov aytishicha, bunga moliyaviy qiyinchiliklar sabab bo’lgan.

“Hisob-kitoblarga ko’ra, Norin daryosida suv elektr stansiyalari qurish yo’li bilan 150 milliyard kilovatsoat quvvat olish mumkin. Hozirda buning 10 foizi olinmoqda. Yangi GESlar Qirg’izistonning eksport salohiyatini oshiradi. Tushgan daromat hisobiga soha yanada rivojlanadi”, - deydi deputat.

Suhbatdoshga ko’ra, Cxehiya kompaniyasi suv elektr inshootlari qurish borasida katta tajriba va imkoniyatga ega.

“Bunday kompaniyalar qiziqish bildirsa, keyinroq boshqalar qo’shilishi mumkin. Sovet davrida o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadik,i Norin daryosida kamida 80 stansiya barpo etish mumkin. Demak, sarmoya bo’lsa, oldinda katta ishlar turibdi”, - deydi Qirg’ziston parlamentining deputati Anvar Ortiqov.

Aytish joizki, keyingi yillarda Qirg’iziston energetika sohasini taraqqiy ettirish va elektr quvvatini chetga sotish harakatiga tushgan. Mamlakat qo’shni Tojikiston bilan birga CASA-1000 loyihasi bo’yicha Janubiy Osiyoga elektr energiyasini chiqarish ustida ish olib bormoqda.

Yaqinda O’zbekistonga bir milliyard ikki yuz ellik million kilovatsoat elektr energiyasi sotish haqida kelishim tuzilgan.

Qirg’ziston hukumati 2020 yil oxirigacha o’lkada o’n ihcham suv elektr stansiyasini qurish va ishga tushirishni rejalashtirgan. Bu o’rinda Bishkek asosan xorij sarmoyalariga umid qiladi.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG