Breaking News
Din

Ahmadiya musulmonlari tazyiqlarga qarshi kurashmoqda


Nyu-Yorkdagi ahmadiya musulmonlari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:55 0:00

Nyu-York diniy bag'rikengligi bilan maqtanadigan shaharlardan biri. Ammo bu yerda ham o'zini xavfsiz sezmaydigan guruhlar bor. Masalan, ahmadiya musulmonlari. Ular dunyo musulmonlarining bir foizini tashkil etsa ham, har doim tazyiq va tahdidlar nishoni bo'lib kelgan.

O'z e'tiqodiga ko'ra tinch va erkin yashashni istagan ahmadiya musulmonlari Nyu-Yorkda shu orzulariga erishgandek. Ammo bu yerda ham tazyiqlar yo'q emas va bu ko'pincha internet orqali ahmadiy bo'lmagan musulmonlardan keladi, deydi jamoa so'zlovchisi Nusrat Qodir Chaudri.

"Onlayn salbiy fikrlar meni xavotirga soladi. Chunki internetda osonlikcha nafratini izhor qiladigan odam sizga adolat bilan munosabatda bo'la olmaydi", - deydi u.

Ozchilik mazhab bo'lishiga qaramay, AQShda 20 mingta ahmadiy yashashi aytiladi. Ular o'zlari haqidagi salbiy qarashlarga qarshi kampaniya boshladi. Loyiha "To'g'ri Islom" deb nomlanadi. Bu esa boshqa musulmonlar noroziligiga sabab bo'lmoqda.

"Ular matbuotga, radiolarga chiqib, bular hatto musulmon emas, kampaniyalarini "To'g'ri islom" deb nomlamasligi kerak, deyishyapti, afsuski", - deydi jamiyat imomi Mahmud Kavsar.

Boshqa mazhablar kabi, ahmadiylar ham Muhammad payg'ambarga ergashadi, ammo harakat asoschisi Mirzo G'ulom Ahmadni o'z xaloskorlari deb biladi. Shu bois ularni murtadlar deb atashadi. Pokiston kabi davlatlardan qochib kelgan ahmadiylar Amerikada ham tazyiqlardan to'la xoli emas.

"Odamlarga nisbatan ishonch sekin-asta qayta uyg'onishi mumkin, bu ruhiy jarohatdan keyin yuz berishi mumkin bo'lgan holat. Lekin musulmonlarga nisbatan salbiy yondashuv, ayniqsa, keyingi bir necha yilda, buning kuchayishi qo'rquvni paydo qiladi, so'ng ishonch sinadi", - deydi Nusrat Qodir Choudri.

Ahmadiylar masjidlarining eshigi barcha uchun ochiqligini aytadi. Zamonaviy va bag'rikeng Amerika musulmonlarini targ'ib etuvchi "Kordoba uyi" tashkiloti singari. Ushbu nodavlat guruh yaqinda Manxettendagi yahudiylar sinagogasida pokistonlik musiqachilar kechasini tashkil etdi.

"Mohiyatga, dinning maqsadi va qadriyatlariga qarashimiz kerak. Xudoni yurakdan sevish, qo'shnilarni sevish, yaxshilik qilish. Barcha asosiy dinlarning muhim qadriyatlari shu", - deydi "Kordoba uyi" rahbari Noz Ahmad Jorjas.

Ahmadiylarga nisbatan ijobiy munosabat o'z yurtida bu diniy guruhga qarshi tazyiqlarni ko'rmagan muhojirlar orasida ko'payib bormoqda. Masalan, bangladeshliklar orasida.

"Ahmadiylarga qarshi reydlar, zo'ravonliklar yuz berganda hukumat ularni to'xtatib qolgan. Buni ko'rgan odamlar bu yerda ham bizni tinglashga harakat qiladi", - deydi imom Mahmud Kavsar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG