Breaking News
Din

"Ahmadiya" musulmonlari islomga oid salbiy qarashlarga qarshi kurashmoqda


"Ahmadiya" musulmonlari islom himoyasida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:15 0:00

Musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyi nihoyasiga yetar ekan, Kaliforniyadagi musulmonlar boshqa din vakillariga islomning tinchliksevar e'tiqod ekanini ko'rsatishga harakat qilyapti.

Ramazon oyida musulmonlar ro'za tutib, toat-ibodatda bo'lishadi. Chino shahridagi Baytul Hamid masjidida esa ular o'zga dindagilar bilan muloqot o'rnatishni ko'zlagan.

"Huquq-tartibot organlari vakillari ham siz kabi ayni ahvolda. Har kuni ommaviy matbuotda politsiya haqida har xil gaplarni gapirishadi va bu gaplar asossiz", - deydi mahalliy politsiya rahbari Karen Komstok.

Politsiya zo'ravonliklarni inkor etganidek, amerikalik musulmonlar ham ekstremistlarni, Yaqin Sharqdagi voqealarni islomga bog'lash noto'g'ri ekanini aytadi.

"11-sentabr voqealaridan keyin bizni al-Qoida bilan bir qatorga qo'yishdi. O'zini musulmon deb atab, Alloh nomidan, muqaddas payg'ambar nomidan dahshatli jinoyatlarni qilayotgan odamlar bilan bizga o'xshagan jamiyatlar bir pog'onada emas", - deydi Ahmadiya musulmonlari jamiyati vakili Ahsan Mahmud Xon.

Ahmadiya oqimi islomdagi noan'anaviy harakati bo'lib, ularga ko'ra musulmonlar xaloskori 19-asrda Yer yuziga kelgan. Bu guruh yaqinda AQShda "Sadoqatli musulmonlar" kampaniyasini boshladi.

"Dunyo bo'ylab hammaga musulmonlarning davlatga sodiq ekanini ko'rsatmoqchimiz", - deydi Mahmud Xon.

Imom Zafarullo salbiy qarashlar uchun ekstremistlarni ayblaydi.

"Ular o'zlarini musulmon deydi, ammo dinimizga ko'ra, ular haqiqiy musulmon emas. Chunki ular din nomidan o'z manfaatlarini olg'a surmoqda", - deydi u.

Ekstremistlar yosh musulmonlarni o'z safiga yollayotgani yuzasidan xavotirlar oshgan.

"Yoshlarimizga ta'sir qilayotgan bu salbiy tasavvurni to'xtatishning yagona yo'li to'g'ri yo'lni ko'rsatishda ular bilan yaqindan ishlashdir", - deydi Mahmud Xon.

Ahmadiya musulmonlari e'tiqodining muhabbat, sadoqat va tinchlik asosida qurilganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG